Mahalliy hokimiyat organlarining sog‘liqni saqlash bo‘yicha vakolatlari nimalardan iborat?

Mahalliy davlat hokimiyati organlari sog‘liqni saqlash sohasidagi quyidagi vakolatlarga ega:

- sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlarini himoya qiladi;

- sohadagi qonun hujjatlari bajarilishini ta’minlaydi;

- tizimning boshqaruv organlarini shakllantirishda ishtirok etadi;

- o‘z hududidagi tibbiyot muassalari faoliyati uchun tegishli binolarni ajratadi, ta’mirlash ishlarini tashkil qiladi;

- birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etadi, ulardan aholi teng foydalana olishini ta’minlaydi;

- sog‘liqni saqlash xarajatlarini moliyaviy ta’minlashning o‘z manbalarini shakllantiradi;

- sog‘liqni saqlash sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

- aholini dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan ta’minlashda ishtirok etadi;

- aholi o‘rtasida axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda o‘tkazishda ishtirok etadi;

- fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligini ta’minlash, profilaktika, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradi;

- sog‘liqni saqlash tizimi organlari, muassasalari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi;

- nogironligi bo‘lgan shaxslar va tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning salomatligini tiklaydigan muassasalar tashkil etadi va ular faoliyatini ta’minlaydi;

- onalik va bolalikni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

- sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi sharoitlar yaratadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilikka muvofiq yana boshqa vakolatlarni amalga oshirishi ham mumkin.

Cog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.