Mas’ullar Davlat dasturidan xabarsizmi?
- 03.04.2022 22:19
- 134
- Iqtisodiyot
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshiriladigan viloyat davlat dasturi tasdiqlangan.
Mazkur dasturning 17-bandida 2022 yil fevral oyida (keyinchalik doimiy) hududda ko‘chma savdo ob’yektlari uchun joylarni “K-Savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirish va ko‘chma savdo joyi ob’yektlarini elektron auksionda sotishni tashkil etish belgilangan.
Ammo biriktirilgan soha mas’ullari bundan haligacha xabarsiz ko‘rinadi. Dastur ijrosi fevral oyida bajarilishi lozimligi belgilangani bois mutasaddilardan bu haqda ma’lumot berishlarini so‘radik. Bir necha bor urinishlarimizdan so‘ng ham aniq ma’lumot o‘rniga “boshqa mas’ul tashkilotlardan so‘rab ko‘ring”, degan javobni oldik, xolos.
Buni qanday tushunsa bo‘ladi?..