Mehnatni me’yorlash konsepsiyasi ishlab chiqiladi

“Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (616-son, 30.09.2021 yil) qabul qilindi.

🔰 Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

➖ Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tuzilmasi hamda Institut to‘g‘risidagi nizom;

➖ Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom;

➖ Malakalarni baholash markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizom.

💰 Mehnat institutining faoliyati Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

➡️ Qarorga ko‘ra, 2021 yil 31 dekabrgacha quyidagilar ishlab chiqiladi:

📝 zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan O‘zbekistonda mehnatni me’yorlash konsepsiyasi;

📂 Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini strategik boshqarish mexanizmini shakllantirishga doir amaliy chora-tadbirlar.

✅ 2021 yil 1 noyabrdan Mehnat instituti tomonidan, jumladan, quyidagilar shakllantiriladi va yuritiladi:

  • Malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni baholovchi tizim hamda kasbiy standartlarni va mustaqil baholashning ma’lumotlar bazasi;
  • Mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblar to‘g‘risidagi yagona ma’lumotlar bazasi.

☑️ Qarorga ko‘ra, shuningdek, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasidagi Davlat mehnat inspeksiyasi tizimida tajriba-sinov tariqasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni o‘rganish hamda hal qilishga ko‘maklashish markazi tashkil etildi.