Milliy valyutaga almashtirish uchun taqdim etilgan 29.000 yevro qalbaki bo‘lib chiqdi

Departamentning Mirobod tuman bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari hamkorlikda, bank tomonidan berilgan xabarga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, fuqaro A.Z. tomonidan ATB «Asaka bank» Yunusobod filialiga milliy valyutaga ayriboshlash uchun taqdim etilgan 58 dona 500 yevro kupyuralik, jami 29 ming yevro pul mablag‘lari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda Bosh Prokuratura matbuot xizmati.