Qalbaki 2 500 AQSh dollarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Sirdaryo tuman bo‘limlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.A. va A.M.lar oldindan til biriktirib, fuqaro D.X.ga har bir AQSh dollarini 7 ming so‘mdan hisoblab, qalbaki 2 300 AQSh dollarini 1600 AQSh dollariga sotishgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tadbir jarayonida fuqaro O.A.ning yonida sotish maqsadida saqlab kelayotgan qalbaki 200 AQSh dollari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.A. va A.M.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.