1 000 000 AQSh dollari banknotasini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.L. boshqa fuqaroning ishonchiga kirib, uni aldab, xorijiy banklardan kredit olib berish va o‘zining 1 million AQSh dollari ko‘rinishidagi kupyurasini sotish evaziga, undan firibgarlik yo‘li bilan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida  ushlangan.

Bank ma’lumotiga ko‘ra, 1 000 000 AQSh dollarlik banknota suvenir sifatida chiqarilganligi, qonuniy to‘lov vositasi hamda valyuta qimmatligi hisoblanmasligi ma’lum bo‘lgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan S.L.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.