Qo‘lbola oltin tangalarni sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
- 25.06.2020 15:09
- 258
- O‘zbekiston
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki nafar fuqaro qo‘lbola usulda tayyorlangan tangalarni muomalaga kiritib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida 10 dona oltin tangani xaridor B.ga 2 250 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida umumiy bahosi 24,4 million so‘m bo‘lgan 12 dona oltin tangalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa