Misrda bolaning itlar bilan dafn qilingan qadimiy qabri topildi

Arxeologlar Misrdagi Fayum vohasi nekropoli (qadimgi dunyo qabristonlari majmuasi)dan sakkiz yoshli bola va 142 itning dafn etilgan joyini topdi, deb xabar beradi Rossiya Fanlar akademiyasi Misrshunoslik tadqiqotlari markazi saytida.

“Sakkiz-to‘qqiz yoshli o‘smir 142 ta asosan it bolalari jasadlari ustiga yotqizilgan”, — deyiladi nashrda.

Dafn Rim davriga tegishli bo‘lib, miloddan avvalgi I asr - milodiy I asrga tegishli.

"Markaz mutaxassislari tomonidan aniqlangan dafn kabilar Misrga xos emas. Itlarning ommaviy dafn etilishi Fayumda yashovchi misrlik va xorijliklar marosim amaliyotining yangi shakllari bo‘lmish, diniy va sehrli g‘oyalari sintezidan dalolat berishi mumkin", - deyiladi nashrda.

Bu haqda Heritage Daily nashrining qayd etishicha, hayvonlar qoldiqlari zoolog Galina Belova tomonidan tekshirilgan. Uning fikricha, ular bir vaqtning o‘zida vafot etgan. Ularga nisbatan zo‘ravonlik alomatlari yo‘q.

Itlar jasadlarida ko‘k loy bor - bu Qadimgi Misr davridagi suv omborlarida keng tarqalgan. Ehtimol, suv toshqini bo‘lgan va hayvonlar cho‘kib o‘lgan, deyiladi maqolada.

Ammo nega bola va itlar bir qabrda – bu sirligicha qolmoqda, deb yozadi OAV. Balki u itlarga qaragandir. Olimlarni chalg‘itgan yana bir narsa - bolaning boshida zig‘ir sumkasi borligi bo‘ldi.

Avvalroq ham arxeologlar marhum boshida xuddi shunday qop bo‘lgan qabrni topishgan edi. Ammo unda ko‘milgan odam, qatl etilgani ehtimoldan holi emas edi. Chunki uning yuragiga kamon o‘qi sanchilgan, deya aniqlik kiritadi Heritage Daily.

G.Xoldorova tayyorladi.