Moskvada XIX asr oxiridan beri eng kuchli yomg‘ir, Italiyada 19 santimetrli do‘l yog‘di

Bir necha soat ichida 46 millimetrgacha yoqqan yomg‘ir haqida poytaxt kommunal xo‘jalik majmuasining Telegram-kanalida ma’lum qilinadi.

Avvalgi rekord 1894 yil 26 iyulda qayd etilgan.

Sinoptiklarning fikricha, kuchli yomg‘ir yaqin kunlarda to‘xtamaydi. Shahar xizmatlari yuqori shay holatda ishlashda davom etadi, mahalliy transport harakati qiyinlashgan, metro bekatlari vestibyullarini suv bosgan, ko‘chalarda o‘nlab mashinalar suv ostida qolgan.

Italiya shimolida yoqqan do‘l esa Yevropa rekordini yangiladi – ayrim muz parchalar diametri 19 santimetrdan oshgani aytilmoqda.