Fir’avn mumiyosi tomografiya qilindi: uning yuragi asl holida tanada saqlangan…

Qadimgi Misr fir’avnining mumiyolangan jasadi ming yillar davomida birinchi marta kompyuter tomografiyasi yordamida o‘rganildi. Bu eramizdan avvalgi 1525-1504 yillarda Misrda hukmronlik qilgan Amenxotep I haqida avval noma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni olish, uning yuzini ko‘rish imkonini berdi. Shu bilan birga, mumiyoning niqobi ham, «bint»lari ham joyida qoldi.

Ma’lum bo‘lishicha, fir’avn sunnat qilingan, yuragi saqlanib qolgan, ammo boshqa ichki a’zolar biqin tarafdan teshib chiqarilgan, keyin tana to‘qima bilan to‘ldirilgan.

"Biz uning 35 yoshida vafot etganini aniqladik. Uning bo‘yi taxminan 169 santimetr, tishlari yaxshi, tanasi tumorlar va tilla kamar bilan bezatilgan. Taajjublanarlisi, bosh suyak ichida miya mavjud, mumiyalashdan oldin u olib tashlanmagan. Vaholanki, bunday holat boshqa mumiyolarda hech kuzatilmagan»", - deydi Misrning qadimgi asarlar bo‘yicha sobiq vaziri, arxeolog Zaxi Xavas.

Fir’avn jasadida olimlar mumiyolashdan keyin hosil bo‘lgan ko‘plab shikastlarni aniqlashdi va mumiyoni qabr talonchilari tahqirlagan deya taxmin qilishdi. Qadimda ruhoniylar uni qayta tiklash uchun juda ko‘p urinishgan.

Tadqiqotchilar kompyuter tomografiyasi yordamida boshqa qoldiqlarni o‘rganish va qadimiy odamlar haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi deb umid qilmoqda.

G.Xoldorova tayyorladi.