Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi yetkizildi
- 28.01.2024 15:55
- 39
- Salomatlik

Misr hukumati tomonidan 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo‘lgan jami 800 ming dona S gepatitiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir", V gepatitiga qarshi "Entekavir" dori vositalarining berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
Bugunga qadar umumiy qiymati 696 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.
27 yanvar kuni Misr hukumati tomonidan S gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining navbatdagi partiyasi yetkazib berildi. Umumiy 6720 dona "Sofosbuvir-400mg" dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nogironlikni belgilash 2 soatdan 25 daqiqaga qisqardi
- 17 daqiqa avval
- Jamiyat
Camarqandda “Ta’lim va kasb” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi
- 49 daqiqa avval
- Samarqand
Bizdan yana Beruniy chiqadimi?
- Kecha, 17:19
- Mutolaa
Super-kontrakt arzonlashgani rostmi?
- Kecha, 14:11
- Ta’lim