Mourino "Bavariya"ni boshqarishi mumkin
Footmercato nashrining xabar berishicha portugaliyalik mashhur murabbiy Joze Mourino xorvatiyalik murabbiy Niko Kovachni o‘rniga Myunxenning "Bavariya" jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanadi va yangi mavsumdan "Bavariya"ni boshqaradi. Bu haqda sovsport.ru xabar berayapti.
Bu xabarni berayotgan manbalarning bildirishlaricha jamoa rahbariyati tomonidan "Bavariya"ni boshqarish uchun bir nechta murabbiyning nomzodi ko‘rib chiqilgan va ularning orasida eng birinchi va asosiy nomzod bo‘lgan Mourino nomzodida to‘xtalgan.
"Bavariya" jamoasi rahbariyati portugaliyalik mutaxasisini jamoa bosh murabbiyligiga olib kelishni bir necha yildan beri maqsad qiladi. Ammo, shu paytgacha buni imkoni bo‘lmayotgan edi. Mourinoni Angliyaning "Manchester Yunayted"dan iste’foga chiqarilganidan beri hozir bekor yurganini inobatga olsak "Bavariya" rahbariyati bu safar niyatiga yetishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Mourino shu paytgacha «Portu» (Portugaliya), «Chelsi» (Angliya), «Inter» (Italiya) va «Real» (Ispaniya) jamoalariga murabbiylik qilib, ular bilan ko‘plab sovrinlarga ega chiqqan. Oxirgi ishlagan jamoasi bo‘lmish "Manchester Yunayted" bilan muvaffaqiyatsizlikka uchrab, buni oqibatida jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan bo‘lsa ham u hamon top murabbiylar sirasiga kiradi va uning xizmatidan foydalanishni xohlovchi jamoalar hanuz ko‘p.