Muzeylar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida madaniy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va ommalashtirish, shuningdek, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish, madaniy merosni o‘rganishni chuqurlashtirish maqsadida ilmiy-amaliy uchrashuv tashki qilindi.

Unda Sankt Peterburg davlat byudjeti madaniyat muassasasi «Gatchina davlat tarixiy-badiiy saroyi-park muzey-qo‘riqxonasi» hamda O‘zbekiston Madaniy meros agentligi «Samarqand» davlat muzey-qo‘riqxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumda qator yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Xususan, muzey ishi sohasida ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma’rifiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, ko‘rgazmalar va nashrlar tashkil etish, tomonlar vakillarining malakasini oshirish maqsadida olimlar va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish shular jumlasidandir.
Ushbu memorandum besh yil muddatga tuzildi.