Narpay tuman tibbiyot birlashmasi rahbari o‘zgardi
Narpay tuman tibbiyot birlashmasi hamda uning tasarrufidagi birlamchi tibbiyot punktlarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini takomillashtirish, ayniqsa, kadrlar salohiyatini oshirish hamda ijro intizomida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish choralariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Zayniyev va Narpay tuman hokimi Sherbek Buranovlar ishtirok etib, aholini sifatli va arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining tegishli buyrug‘iga asosan Toshpo‘latov G‘ayratjon Abdullayevich - Narpay tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bungacha G‘.Toshpo‘latov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashkiliy kadrlar va inson resurslarini rivojlantirish sho‘’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi, deya xabar bermoqda sog‘liqni saqlash boshqarmasi.
Matbuot xizmati.