Narpay tumani paxtakorlari ham shartnomani bajardi

Joriy yil tumandagi 222 ta fermer xo‘jaliklari a’zolari 10 ming 717 gektar maydonda g‘o‘zaning “Sulton”, “Porloq-1”, “Buxoro-102” navlarini parvarishlashdi. Bugun ushbu yetishtirilgan hosil terib olinib, 31 ming 811 tonnalik xirmon yaratildi va davlatga paxta sotish rejasi bajarildi.

Asosiysi hosilning 85 foizi yuqori navlarga sotildi va o‘rtacha hosildorlik gektariga 29,7 sentnerni tashkil etdi.

Agrar sohaga ko‘maklashuvchi tashkilotlarning ko‘magi bilan tumandagi 163 ta fermer xo‘jaligi dalalarida yuqori hosildorlik kuzatildi. Jumladan, “Xotira Hasanova”, “Sayfi Quvonov”, “Sobirjon Gadoyev”, “Elbek”, “Eson bobo”, “Oyto‘la”, “Omad”, “Hosil mexanizator”, “Kamchatka qo‘rg‘oni”, “Narpay Xondamir dalalari”, “Azimjon dalasi”, “Sobirjon bobo dalalari”, “Nafisgul orzu NRO” va “Shukur Jabborov” fermer xo‘jaliklarida shartnoma rejasi 110-149 foizgacha oshirib uddalandi.

- Bahorgi tabiat injiqliklariga qaramasdan, 41,8 gektar maydonda g‘o‘za pavarishlab, gektaridan 52 sentnerdan hosil oldik, - deydi “Elbek” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Ulug‘bek Razzoqov. – Asosiysi kuzning yog‘in-sochinli kunlariga qolmasdan 133 tonna o‘rniga 191,8 tonna sifatli xomashyo terib olib, davlatga paxta sotish rejasini 143,5 foizga bajardik. Hosilning katta qismini yuqori navlarga sotdik. Daromad ham kutganimizdan ortiq bo‘ldi.

Narpay tumani hokimligi axborot xizmati.