Paxta-2025: Hosilning 60 foizi terim mashinalarida terib olinyapti
- 22.10.2025 15:39
- 3
- Qishloq xo'jaligi

Shu kunlarda viloyatimizda paxta xomashyosini terib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Mavsum davomida viloyatda 88 ta zamonaviy paxta terish mashinalari yordamida 157 ming tonna, ya’ni hosilning 60 foizini terib olish ko‘zda tutilgan.
Kecha bir kunda jamg‘arilgan 6,3 ming tonna paxta xomashyosining 4,1 ming tonnasi zamonaviy mashinalar yordamida terib olindi.
Mavsum boshidan buyon 225 ming tonna (shartnomaviy reja 261 ming tonna)dan ziyod, ya’ni 86 foizdan ko‘proq paxta xomashyosi yig‘ishtirib olingan.
Teglar:
paxta
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Xo‘ja Ismoilmi yoki Imom Al-Buxoriy?
- 1 soat avval
- Mutolaa
Dunyo nigohi yana Samarqandga qaratiladi
- 3 soat avval
- Samarqand