“Paxta-2023”: Narpayliklar 35,3 ming tonna paxta xirmoni yaratdi
- 13.10.2023 16:39
- 153
- Samarqand
Joriy yilda tumandagi 247 fermer xo‘jaligi “Maroqand sifat” klasteri bilan shartnoma asosida 9 ming gektardan ziyod maydonda g‘o‘za parvarishladi. Yil-o‘n ikki oy qilingan mehnat samarasini berdi.
Yaratilgan hosilni sifatli terib olish yuzasidan ishlab chiqilgan tadbirlar ham o‘zini oqladi. Natijada 35 ming 318 tonnalik paxta xirmoni bir oy ichida tiklandi.
Bu muvaffaqiyatda “Vahob Ravshanov”, “Agro g‘alla”, “Nafisgul orzu”, “Qora qipchoq”, “Narpay Ravshanbek dalalari”, “Shukur Jabborov”, “Abdusalom Hushmatov” kabi fermer xo‘jaliklarining hissasi katta bo‘ldi. Xo‘jaliklarda har gektar yerdan 39-45 sentnerdan hosil olindi.
13 oktyabrga qadar Samarqand viloyatida yillik shartnoma rejasining 93,8 foizi (248 ming 600 tonna) miqdorida hosil yig‘ishtirib olingan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 1 soat avval
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- 1 soat avval
- Mutolaa
Xotin-qizlar sportda bellashdi
- Bugun, 11:58
- Sport
Sudya va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
- Bugun, 11:51
- Samarqand