Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpayliklar 4482 quti ipak qurti parvarishladilar

Viloyatimiz tumanlaridan har kuni xushxabarlar kelib turibdi. Kecha Past Darg‘om tumani pillakorlari zafar marrasidan o‘tishgan bo‘lsa, bugun Narpaylik pillakorlar zimmalaridagi mas’uliyatli vazifani ado etishdi. Tuman pillakorlari joriy yilda 4482 quti ipak qurti parvarishladilar va har bir quti ipak qurtidan 56-60 kilogramdan xomashyo yetishtirdilar.

Pillakorlarning zahmatli mehnati evaziga 247,7 tonnalik xirmon yaratilib, davlatga pilla sotish shartnomaviy rejasi ortig‘i bilan ado etildi.