Navalniy butunlay o‘ziga keldi
- 11.09.2020 10:25
- 162
- Xorij
Germaniyaning “Sharite” klinikasida davolanayotgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy, 7 sentyabr kuni komadan chiqqanidan so‘ng butunlay o‘ziga keldi. Der Spiegel nashri taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, u hushini yo‘qotishidan oldin sodir bo‘lgan voqealarni eslagan, uning salomatligi haqida “bunday vaziyatda kutish kerak bo‘lgan eng yaxshi holatdan ham yaxshiroq”, deb aytilgan.
Shifokorlar Navalniy salomatligi jismonan kamida 90 foiz taklanishini, ruhiy jihatdan deyarli tiklanib bo‘lganini ma’lum qildi.
“Navalniy o‘ziga kelganligi munosabati bilan “Sharite” klinikasini qo‘riqlayotgan politsiya xodimlari soni ko‘paytirildi”, deb yozmoqda Der Spiegel. Ma’lum qilinishicha, bu xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qilingan chora-tadbir. Shu bilan birga klinika vakillari ushbu ma’lumotni tasdiqlamadi. Berlin politsiyasi vaziyatga oydinlik kiritishdan bosh tortdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa