Nega uzumni danagi bilan iste’mol qilish kerak? Unda qanday foydali moddalar bor?
Uzum danaklarida A, Ye va K vitaminlari, tabiiy moylar mavjud bo‘lib, bu moddalarning barchasi hujayralarning mustahkamlanishi va yoshartiruvchi effektga olib keladi. Shu sababli uzumni danaklari bilan yegan ma’qulroq, shunda u ko‘p foyda keltiradi.
Bundan tashqari, uzumda o‘simlik estrogenlari guruhiga kiruvchi modda – resveratol bor. U qondagi xolesterin va tomirdagi yallig‘lanish jarayonlari darajasini pasaytiradi.
Uzumda muhim fenol birikmalar: qahva kislotasi, kversetin va miresetin mavjud. Bu moddalar organizmni saraton rivojlanishidan himoyalaydi. Uzum, shuningdek, barcha tana a’zolariga yaxshi ta’sir qiladi.
Undagi biriktiruvchi to‘qima ovqat hazm qilishda yordam beradi, minerallar esa asab tizimiga ijobiy ta’sirga ega. Shu bilan birga, unda insonni tetiklashtiruvchi xususiyatlar ham mavjud.
Shifokorlar uzumdan kuniga 150-250 gramm iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Ularning ta’kidlashicha, uzumning qoraroq turlarini iste’mol qilgan ma’qul, chunki ularda ko‘proq antioksidantlar saqlanadi.