Nima uchun bolalar tuxum sarig‘i yeyishi kerak?
Bola hayotining birinchi yilida yetarli miqdorda ozuqa moddalari, minerallar, vitaminlar olishi kerak. Shuning uchun tuxum sarig‘i chaqaloq ratsionida bo‘lishi lozimligi aytiladi.
Tuxumda bolaning sog‘lom rivojlanishi va tez o‘sishi uchun zarur ko‘plab vitaminlar va mikroelementlar bor. Immunitet tizimini mustahkamlovchi A vitamini, suyak to‘qimalari va sochlar o‘sishi hamda ko‘rishni yaxshilaydigan V guruhi vitaminlari (tiamin - V1 va riboflavin - V2), asab tizimini rivojlantirib, uglevod va moddalar almashinuvi saqlaydi.
Tuxum sarig‘idagi D vitamini bolalarda raxitning oldini olish va suyak to‘qimasini mustahkamlash, shuningdek metabolik jarayonlarni tartibga solish uchun foydali.
Ye vitamini esa anemiyaning oldini olish, to‘qimalar yangilanishi va o‘sishi uchun foydali.
Letsitin miya rivojlanishi hamda jigar hujayralari o‘sishini tartibga soladi. Temir, fosfor, kaliy immunitet tizimini mustahkamlab anemiyaning oldini oladi.
Tuxum sarig‘i tarkibida askorbin kislotadan tashqari barcha vitaminlar mavjud. Mahsulot tarkibida xolin (B4 vitamini) bo‘lib, u miya faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Tuxum sarig‘ida juda ko‘p xolesterin borligi ham haqiqat. Bitta tuxumda 300 mg xolesterin bor. Shuningdek, tuxum sarig‘ida to‘yingan yog‘lar yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarishi, ortiqcha vaznga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yoshi kattalarga tuxumni me’yordan ko‘p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Nechta tuxum yeyish mumkin?
Bolaning ratsioni rangbarang bo‘lishi kerak, shuning uchun qanchalik foydali bo‘lmasin unga har kuni qaynatilgan tuxum berish kerak emas.
Tovuq tuxumini haftada uch marta yeyish mumkin. Bir yoshdan katta bolalar uchun bedana tuxumi har kuni bir xil vaqtda, 4 yoshdan boshlab - kuniga 3 dona berilishi mumkin.
Bedana tuxumi esa 4 yoshdan katta bolalarga kuniga 3 dona tavsiya etiladi.
D.Xoliqova tayyorladi.