Nodavlat notijorat tashkilotlari ishchi-xodimlari sportda bellashdi
SOS bolalar mahallalari Samarqand filialida viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori ostida musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatdagi 15 ta NNTlaridan 120 nafardan ziyod ishtirokchi sportning mini futbol, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha bellashdi.
Bellashuvlar natijasiga ko‘ra, shaxmat bellashuvlarida kasaba uyushmasi xodimlari, shashka bo‘yicha SOS bolalar mahallalari jamoasi, mini futbol musobaqasida adliyachilar g‘olib bo‘ldi.
- Bu kabi sport tadbirlari ishchi-xodimlarning sog‘lom turmush tarziga amal qilishga xizmat qiladi, - deydi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat kengashi mas’ul xodimi Begzod Nurbekov. - Shuningdek, ommaviy sportni rivojlantirish hamda tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikda ishlash imkonini beradi.
G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan Xorazm viloyatiga uch kunlik sayohat sertifikati, kitoblar jamlanmasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.