Nurobodda qo‘y o‘g‘rilari ushlandi
Kecha, 10 avgust kuni Nurobod tumani Nurdum mahallasida yashovchi I.V. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 8 avgust kuni hovlisida joylashgan qo‘yxonasidan noma’lum shaxslar bozor narxi 1.500.000 so‘mlik bir bosh qo‘yini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligi, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va yetkazilgan zararni undirib berishni so‘ragan.
Nurobod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Kattaqo‘rg‘on tumani Dring mahallasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan B.O va Kattaqo‘rg‘on tumani Chig‘anoq mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan S.Sh.lar sodir qilganligi aniqlanib, ulardan 1 bosh qo‘y tegishli tartibda ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.