Nurobodlik yoshlar harbiy soha sirlari bilan yaqindan tanishmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni oldidan Nurobod tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "N"-sonli harbiy qism hamda tegishli tuman tashkilotlari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i F.Yuldashev va  "Vatanparvar" tashkiloti Nurobod tumani o‘quv sport-texnika klubi boshlig‘i H.Qobulov tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutlab, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar va uning samarali haqida gapirib berdi. Qanday bilim va ko‘nikmaga ega yoshlar harbiylikka tanlab olinishi haqida ma’lumotlar berdi.

“Vatanparvar” O‘STK kursantlarining chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta tassurot qoldirdi.

Xuddi shunday tadbir 18-son musiqa va san’at maktabida ham bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida tuman hokimligi, "Vatanparvar" tashkiloti tuman O‘STK hamda yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamkorligida yugurish marafoni o‘tkazildi.

G‘olib va sovrindorlar tadbir tashkilotchilari tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

G.ISMATULLAYeVA.