Qo‘shrabotda ilk marta harbiy texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
- 09.01.2020 09:16
- 197
- Samarqand
Bugun erta tongdan Qo‘shrabot tumani hokimligi yonidagi maydonga harbiy texnikalar kirib keldi. Oradan ko‘p o‘tmay, hududga aholi, xususan, minglab yoshlar yig‘ildi. Chunki ular uchun tumanda ilk bor tashkil etilgan harbiy texnikalar va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi yangilik edi.
Ko‘rgazma Zarkent shaharchasida joylashgan harbiy qism va “Vatanparvar” tashkiloti tuman kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanparvarlik - milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida namoyish etildi.
Tadbirda qo‘shrabotlik yoshlar qurol-aslahalar, harbiy texnikalarni, harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlarini tomosha qilishdi.
To‘lqin SIDDIQOV.