Samarqand va Jizzax garnizonlaridagi harbiy qismlarga 100 dan ortiq harbiy yuk texnikalari topshirildi

Topshirilayotgan texnikalar uzoq muddat beri harbiy qismlar tomonidan dala-dashtlarda, cho‘l va o‘tuvchanligi og‘ir hududlarda mamlakatimizdagi iqlim sharoitlarida foydalanishga yaroqliligi, yurish zaxirasi va yonilg‘i sarfi bo‘yicha tejamkorligi sinovdan o‘tkazilgani aytilmoqda.

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan texnikalarni topshirish marosimiga viloyat hokimi, harbiy ma’muriy sektor rahbari Erkinjon Turdimov, Mudofaa vaziri o‘rinbosari, polkovnik Alisher Norboyev, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidovlar ishtirok etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni tomonidan milliy armiyada yangilanish davri bo‘lgani, harbiy qismlarda qurol-aslaha va harbiy texnikalar oshirilayotganini ta’kidladi.

Mazkur texnikalar Samarqandda faoliyat ko‘rsatayotgan “O‘zAvto Trailer” MChJ zavodida ishlab chiqarilgan.