Temir yo‘l vagonlarida harbiy texnikalar olib o‘tilganiga izoh berildi
- 21.04.2022 10:14
- 750
- O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aeroporti yonidagi temir yo‘ldan vagonlarda harbiy texnikalar olib o‘tilgani, bu harbiy texnikalar qayerga nima uchun olib ketilgani borasida savollar tarqaldi.
Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti qo‘yidagilarni ma’lum qildi:
"O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq har yili ta’mirlash zavodlari negizida kapital va o‘rta ta’mirdan chiqarilgan harbiy texnikalarni qo‘shinlarda rejaviy almashtirish ishlari amalga oshirilib boriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aynan shu jarayonlar, ya’ni ta’minot va shaxsiy tarkibni tashish uchun mo‘ljallangan texnikalarning qo‘shinlariga yuborilishi aks etgan", deyiladi munosabatda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
“Qishloqilar” aybdormi?
- 45 daqiqa avval
- Jamiyat
“Yashil makon” – kelajakka ekilayotgan hayot daraxti
- 52 daqiqa avval
- Samarqand
Samarqandda dendrologiya bog‘i tashkil etildi
- 2 soat avval
- Samarqand
Kosmonavtlar ellik yildan keyin yana Oyga uchishdi
- Bugun, 11:01
- Xorij