«O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» temir yo‘li loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kelasi yil yakunlanadi
ShHT Samarqand sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qirg‘iziston Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vazirligi, Xitoy Xalq Respublikasi Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi o‘rtasida «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» temir yo‘li qurilishi (Qirg‘iziston hududida) loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida uch tomonlama bitim imzolandi.
Mazkur hujjat bilan Qirg‘iziston Respublikasi hududidagi temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha barcha ishlarni 2023 yilning birinchi yarim yilligida yakunlash belgilangan. Shuningdek, loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishda tomonlarning ishtiroki, moliyalashtirish va xarajatlarni taqsimlashiga aniqlik kiritilgan.
Ta’kidlash joiz, loyiha Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va Janubiy yo‘lar bilan Fors ko‘rfazi davlatlariga tashuvlarni hamda savdo geografiyasini kengaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.