“Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!”

Vatarparvarlik oyligi doirasida Samarqand shahridagi Markaziy harbiy okrugda harbiy qism, viloyat bojxona hamda favqulodda vaziyatlar boshqarmalari bilan hamkorlikda “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Kelajak avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda harbiylikka qiziqish uyg‘otish maqsadida tashkil etilgan tadbirda “Qalqon jasorat” maktabi o‘quvchilari va kollej talabalari hamda Bojxona instituti kursantlari ishtirok etishdi.

Unda yoshlar uchun harbiy texnika va qurollar ko‘rgazmasi bilan birga bojxona tizimida xizmat itlarining faoliyati bo‘yicha tushunchalar berilib, amaliyotda xizmat itlarini giyohvandlik vositalari, qurol-yarog‘, o‘qdori, portlovchi moddalar, valyuta qimmatliklarini qidirib topish mahoratlari namoyish etildi. Sohaga qiziqish bildirgan o‘quvchilar bojxonachilar bilan suhbatlashib, savollariga javob olishdi.

Bayram tadbirlari davom etib, viloyat bojxonachilari Samarqand iqtisodiyot va servis institutida hamda Samarqand shahridagi 77-MTT ga ham tashrif buyurdi. Tadbirda bolajonlar bojxona xodimlariga she’rlar aytib berishdi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.