Odam ananas iste’mol qilayotgan bir paytda, evaziga ananas ham odamni "yeydi"
Ananas oqsilni samarali parchalaydigan “bromelayn” fermentini o‘z ichiga olgan yagona o‘simlikdir. Inson tanada oqsil katta hajmni egallagani sababli, ananas uni “hazm qilishga” harakat qiladi. Ushbu jarayon natijasida mevani yaxshi ko‘rib, haddan tashqari iste’mol qiladiganlarning tili, yonoqlari va milklarida yonish hissi paydo bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘ida yarachalar paydo bo‘ladi.
Foydali tomoni - ananas turli xil vitaminlar va minerallarni o‘z ichiga oladi: tanadagi kalsiy, magniy, natriy va boshqa mikroelementlar darajasini to‘ldirish istagi bo‘lgan kishi kuniga bir necha bo‘lak ananas iste’mol qilgani yaxshi.