Olimpiadaning dzyudo bahslariga qur’a tashlandi
- 22.07.2021 17:48
- 97
- Ta’lim
Bugun Tokioda XXXII Yozgi olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan dzyudo musobaqasiga qur’a tashlash marosimi yakunlandi.
Unga ko‘ra, Tokio Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan 10 nafar (7 erkak, 3 ayol) dzyudochimiz ilk raqiblarini bilib olishdi.
Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari quyidagicha bo‘ldi:
-60 kg: Sharofiddin Lutfullayev — Artyom Lesyuk (Ukraina) / Xose Ramoc (Gvatemala)
-66 kg: Sardor Nurillayev — Denis Viyeru (Moldova)
-73 kg: Hikmatullo To‘rayev — Igor Vantdeke (Germaniya)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev — Ugo Kumbo (Vanatau)
-90 kg: Davlat Bobonov — Nikolas Mungai (Italiya)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov — Benjamin Fletcher (Irlandiya)
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev — Durenbayar Ulzibayar (Mo‘g‘uliston)
-52 kg: Diyora Keldiyorova — Sosorbaram Lxagvasuren (Mo‘g‘uliston)
-63 kg: Farangiz Hojiyeva — Sandrin Billet (Kabo-Verde)
-70 kg: Gulnoza Matniyozova — Demos Memneloum (Chad)