Pastdarg‘omlik Diyora Keldiyorova Xalqaro dzyudo federatsiyasi reytingida yetakchiga aylandi
- 21.02.2024 11:53
- 165
- Sport
Ozarbayjonning Baku shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turniri yakunlanganidan keyin Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) yangilangan jahon reytingini e’lon qildi.
Yangi reytingda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi, pastdarg‘omlik Diyora Keldiyorova -52 kilogramm vazn toifasida 7984 ochko bilan peshqadam bo‘ldi. Ushbu vaznda yana bir o‘zbekistonlik dzyudochi Sita Qadamboyeva 2654 ochko bilan 13-o‘rinni band etdi.
Erkaklar o‘rtasida o‘zbekistonlik dzyudochilardan eng yaxshi natijani -73 kilogramm vazn toifasida Murodjon Yo‘ldoshev va +100 kilogrammda Alisher Yusupov qayd etdi. Yo‘ldoshev 5083 ochko, Yusupov esa 5220 ochko to‘plab, o‘z vazni jadvalida 3-o‘rinni egalladi.
Olimpidasi sovrindori Davlat Bobonov -90 kilogramm vaznda 5-o‘rinda, jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboyev esa -100 kilogramm vaznda 7-o‘rinda qayd etildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda xalqaro anjuman boshlandi
- 3 soat avval
- Samarqand
Behbudiy nega Hajga otlangan edi?
- Kecha, 17:39
- Mutolaa