Diyora Keldiyorova nomidagi dzyudo klubi ochildi
- 28.02.2025 12:00
- 58
- Sport

Joylarda dzyudoni yanada ommalashtirish va bu orqali ushbu sport turi bo‘yicha yosh iqtidor egalarini kamolga yetkazish maqsadida Toshkent shahrida o‘zbekistonlik sportchi-qizlar orasida birinchi Olimpiada chempioni, o‘zbek dzyudosiga Olimpiya o‘yinlaridagi ilk oltin medalni taqdim etgan Diyora Keldiyorova nomidagi zamonaviy, xalqaro talablarga javob beruvchi dzyudo klubi foydalanishga topshirildi.
Dzyudo klubining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikromov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.
Mazkur dzyudo klubi zaliga 4 ta tatami to‘shalgan. Unda jismoniy mashqlar bajarish imkonini beruvchi sport inventarlari, kiyinish, yuvinish va tibbiyot xonalari mavjud. Jahon standartlariga to‘liq javob beruvchi ushbu markazda shug‘ullanuvchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Siyosiy sharh: Oy ostidagi uy
- 3 soat avval
- Siyosat
Qirq mevali daraxt
- Bugun, 20:26
- O'qing, qiziq!
Mutolaa: Nabira (hikoya)
- Bugun, 19:54
- Mutolaa
12 ta ruxsat berish tartib-taomili bekor qilinadi
- Bugun, 16:17
- Siyosat