Oliy Majlis Senatining yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Senatning majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisi boshlandi.
Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.
Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.