«Osmondan tushgan» daraxtlar
Sayyoramizda 60 000 dan ortiq turdagi daraxtlar o‘sadi. Ular orasida go‘yo bu dunyodan tashqarida “yetishtirilgan” juda ko‘p noyob namunalar mavjud: mitti hamda uzoq umr ko‘radigan, tikanli, lekin momiq paxta beradigan daraxtlar, ulkan qalinlikdagi o‘simliklar, tanasida g‘alati parazitlar saqlaydigan gullar...
Gviana kurupitasi yoki “to‘p daraxti”
Mabodo Janubiy Amerika yoki Osiyo o‘rmonlarida bo‘lsangiz, nafaqat oyoq ostiga, balki tepaga ham qarab qo‘ying. Chunki to‘satdan boshingizga “to‘p” tushishi mumkin. Buni odamlar Gviana kurupitasining og‘ir mevalari deb atashadi. Gullash davrida daraxtda katta sarg‘ish-pushti gullar yashnab, shirin xushbo‘y taratib, odamni mast qiladi. Qizig‘i, uning gullari ko‘rshapalaklar tomonidan changlanadi.
Ildizyalang sokrateya yoki “yurar palma”
Bu palma daraxti o‘z nomini tashqi tomonga qarab o‘sadigan va oyoqlarga o‘xshash noyob uzun ildizlari tufayli olgan. Ularning tuzilishi mahalliy aholi va sayyohlar orasida daraxtning harakatlanish qobiliyati haqida ko‘plab afsonalarni keltirib chiqardi. Ba’zi olimlar taxtasimon ildizlarni palmaning suv bosgan tuproq va botqoqli hududlarga moslasha olishi bilan izohlaydi.
Konfet daraxti
Ushbu daraxtning rasmiy nomlanishi har qanday shirinlikxo‘r bolaning orzusi kabi jaranglaydi. Konfet daraxtining xushbo‘y shirali mevabandlarida ko‘p miqdorda shakar bor, u nordon mayiz kabi ta’mga ega. Poyalari xom shaklda iste’mol qilinadi. Shuningdek, ular shirinliklar va dori-darmonlar tayyorlash uchun, yog‘ochi esa mebel ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Ravenala yoki «sayohatchilar daraxti»
O‘simlik bekordan bunday nomga ega emas. Gap shundaki, poyalarining qobig‘ida favqulodda vaziyatlarda foydalanish mumkin bo‘lgan yomg‘ir suvi to‘planadi. Shu bilan birga, katta yelpig‘ichga o‘xshash ravenala barglari sharqdan g‘arbga qarab bir chiziqda o‘sadi. Shuning uchun sayohatchilar ulardan kompasning bir turi sifatida foydalanishlari mumkin.
Paxta daraxti
Bu daraxt tanasi tikanlar bilan qoplangan. Ammo o‘simlikning “chaqiruv kartasi” tikanlar emas, balki avokado shaklini eslatuvchi yirik mevalar bo‘lib, undan kapok deb ataladigan yumshoq tola olinadi. Ushbu elastik va yengil momiq paxtani esalatadi, u yuqori ovoz o‘tkazmaydigan va issiqlik tejovchi xususiyatlarga ega. Buning natijasida undan yostiqlar, ko‘rpa-to‘shaklar, yumshoq mebellar va boshqa narsalarni ishlab chiqarishda foydalaniladi.