O‘zbekiston davlat qarzi qariyb 860 million dollarga ko‘paydi
- 08.09.2021 09:39
- 52
- Iqtisodiyot
O‘zbekiston davlat qarzi 2021 yilning 1 iyul holatiga 24,2 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 38,5 foizni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi hisobotida ko‘rsatilgan.
Davlat qarzi qoldig‘i joriy yil boshiga nisbatan 858,6 million dollarga yoki 3,7 foizga oshgan:
- davlat tashqi qarzi qoldig‘i – 21,8 milliard dollarni yoki YaIMga nisbatan 34,7 foizni;
- davlat ichki qarzi qoldig‘i – 2,4 milliard dollarni yoki YaIMga nisbatan 3,8 foizni tashkil etdi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida davlat qarzi qoldig‘i 858,6 million dollarga oshishi O‘zbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida investitsiya loyihalarini va davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish uchun tashqi va ichki manbalardan jalb qilingan qarz mablag‘larining o‘zlashtirilishi, qarz majburiyatlari bo‘yicha asosiy qarzning so‘ndirilishi hamda davlat qarzi portfeli tarkibidagi valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.