O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ekspert kengashi tashkil etiladi
Prezidentimizning 2019 yil 17 yanvarda qabul qilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni maslahat va ekspertlik jihatidan ta’minlashni amalga oshirish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ekspert kengashi tashkil etiladi.
Ushbu Kengash tarkibiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, atoqli davlat va jamoat arboblari, olimlar, jumladan, xorijiy davlatlar fuqarolari va xorijdagi vatandoshlarimiz kiritiladi.