Samarqandda Markaziy Osiyo energetiklarining navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tmoqda
- 25.10.2023 15:36
- 29
- Samarqand
Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 42-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Kun tartibidagi masalalarga muvofiq, dastlab 2023 yil vegetatsiya, ya’ni qishloq xo‘jaligining sug‘orish mavsumida Markaziy Osiyoda mavjud suv resurslarini samarali boshqarish masalalari muhokama etildi.
So‘ng 2023/2024 yil kuz-qish mavsumida kutilayotgan muammolar va ularning yechimlari, bundan tashqari, mintaqada qurilayotgan yangi energiya bloklari (stansiyalar), qayta tiklanuvchi energiya manbalarini Markaziy Osiyo elektr energetika halqa tizimiga ulash hamda ulardan oqilona foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, xalqaro tadbirda Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston elektr energetika tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda. Rossiya Federatsiyasi mutaxassislari kuzatuvchi maqomida qatnashmoqda.