O‘zLiDeP Nurobod tuman kengashi – eng namunali tuman partiya tashkiloti
- 30.12.2018 16:35
- 89
- Siyosat
Ha, shunday. O‘zLiDeP siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti” tanlovining Samarqand viloyat bosqichi g‘olibi – O‘zLiDeP Nurobod tuman kengashi respublikada faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
– Biz bu e’tirofdan juda ham xursandmiz, – deydi partiya tuman kengashi raisining o‘rinbosari – apparat rahbari Marhabo Usanova. –Respublikamizdagi partiya tuman (shahar) kengashlari orasida eng namunalilar qatorida bo‘lganimiz faoliyatimizning yuksak e’tirofidir. Shu bilan birga bu ishonchning mas’uliyatini ham his qilib turibmiz. Yangi – 2019 yilda endi yana ham shijoat bilan mehnat qilamiz.
G‘olibga O‘zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan 7,5 million so‘mlik mebel jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Baxtigul QARSHIYEVA
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi matbuot kotibi.