O‘zbekiston – Yaman uchrashuvini suriyalik Hanna Hattab boshqaradi
- 08.10.2019 15:27
- 123
- Sport
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni JCh-2022 saralashi 2-bosqich 3-turi doirasida o‘z maydonida Yaman terma jamoasi bilan bahs olib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur o‘yinni suriyalik hakam boshqarib boradi. Hanna Hattab O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi bosh hakami etib tayinlandi.
Ta’kidlab o‘tamiz, o‘yin "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 17:00 da boshlanadi.
O‘ZBEKISTON – YaMAN
Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)
Yordamchi hakamlar: Muhammad Kazzaz (Suriya), Ayman Fayzal Hamze Obeidat (Iordaniya).
Zaxira hakami: Ahmad Alali (Quvayt)
Nazoratchi: Jassim Muhammad Al Hail (Qatar)
Komissar: Mei Chiat Si (Malayziya).
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa