Futbol, JCh-2026 saralashi: BAA - O‘zbekiston. Bugun terma jamoamiz jahon chempionatiga yo‘llanma uchun maydonga tushadi

Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 9-turidan o‘rin olgan "BAA – O‘zbekiston" uchrashuvi yurtdoshlarimiz uchun muhim bahslardan biri hisoblanadi.

O‘yin Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Ushbu uchrashuvdagi durang yoki g‘alaba terma jamoamizga jahon chempionatiga chiqish yo‘llanmasini kafolatlaydi.

O‘yinni avstraliyalik FIFA referisi Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouyen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VARda esa Aleksandr King ishlaydi.

Mazkur o‘yinni yoritish uchun O‘zbekistondan o‘ndan ortiq OAV vakillari Birlashgan Arab amirliklariga yetib borishgan va allaqachon jonli efir uchun tayyorgarliklarni boshlab yuborgan. Jumladan, bugungi o‘yin "Sport" hamda "Futbol" telekanallari orqali jonli efirda translyasiya qilinadi.