O‘zbekistonda 1 038 575 ta koronavirus testi o‘tkazildi

Bu haqda SEO agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ma’lumot berdi:
Jami 6358 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan, 4377 (69 %) nafar bemor to‘liq sog‘aygan, 1962 nafari davolanmoqda.

Davolanayotgan bemorlarning kasallik darajasiga ko‘ra holati:
➖ 3 nafari — o‘ta og‘ir;
➖ 15 nafari — og‘ir;
➖ 125 nafari — o‘rta og‘ir;
➖ 1819 nafari — qoniqarli holatda;
➖ 68 nafarida pnevmoniya aniqlangan.
Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 59 540 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Jumladan,
➖ uy sharoitida — 36 655 nafar fuqaro;
➖ statsionar sharoitda — 22 885 nafar fuqaro karantinga olingan.
Virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 17 600 ta, epid mavsum davomida 1 038 575 ta test sinovi o‘tkazildi.