O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 5 nafar bemorning ahvoli og‘ir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan bemorlar haqida ma’lumot berdi:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 3396 nafarni tashkil etmoqda. 27 may kuni 32, jami 2668 nafar, ya’ni 81 foiz bemor to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 714 bemor davolanmoqda, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Karantin tadbirlari davom etyapti. 46 mingdan ko‘proq fuqaro karantinda bo‘lib turibdi. Koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyat jiddiyligicha saqlanib qolmoqda. “Yashil” hududga aylangan Navoiy viloyati hozir “qizil”, kuni kecha esa Buxoro viloyati ham yana “qizil” hududga aylangani, kasallik viloyatga kirib kelgani haqida xabar topdik.