Koronavirusdan tuzalganlar bilan muloqotda bo‘lish xavflimi?
- Koronavirus bilan kasallanib tuzalgan odamlar bilan muloqotda bo‘lish xavflimi? Kasallik yengil kechuvi bo‘lsa ham, nega ba’zi odamlarda uzoq muddat cho‘zilmoqda?
Ushbu savollarga AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva quyidagicha javob berdi:
- Koronavirus bilan kasallangan shaxslarda virusga qarshi antitanachalar ishlab chiqiladi, unda Immunnoglobulin Gni yuqori ko‘rsatkichlari aniqlanadi, bunday davrda bu insonlar boshqalarga xavfsiz bo‘ladilar va koronavirusni yuqtirmaydilar.
Ba’zi insonlar kasallikni yengil va simptomlarsiz kechishida o‘zlarini yaxshi his qilishlari bilan alohidalanish tartibiga rioya qilmayaptilar va ko‘chaga chiqib boshqalar bilan muloqot qilmoqdalar.
Bunday holatlarda organizm hali to‘liq antitanachalarni ishlab chiqib ulgurmagani bois, kasallangan bemorlar bilan muloqot natijasida qo‘shimcha ravishda virus organizmga kirishi kasallikni uzayishi, ya’ni cho‘zilishini keltirib chiqarmoqda.