Kasalxonada elektr o‘chib, koronavirusga chalingan bemorlarning ko‘pchiligi vafot etgani rostmi?
- 13.10.2020 10:45
- 861
- Salomatlik
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida elektr ta’minoti uzilib qolgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Jurnalist Xurshid Daliyevning Twitter sahifasidagi postida «COVID-19» markazida ahvol yomonlashib, kislorod konsentratoriga ulangan bemorlarning ko‘pchiligi vafot etgani aytilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, shu yilning 6 iyulidan bemorlarni qabul qila boshlagan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi yangi va zamonaviy talablarga moslab qurilgan. Kecha Zangiotadagi shifoxonada elektr energiyasi uzilmagan.
Kasalxonada birorta ham o‘lim qayd etilmagan. Shifoxonada elektr uzluksizligini ta’minlash maqsadida 3 ta dizel generatori o‘rnatilgan. Barcha shifokorlar koronavirus bilan kurashga jalb qilingan bir vaqtda bunday bo‘lishi aqlga sig‘masligi ta’kidlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 3 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand