Samarqandda Kovid-markaz yopildi - bemorlar endi qayerda davolanadi?

Joriy yilning 8 iyul kuni saytimizda «Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni markazlashgan holda davolash, ularga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Samarqand shahridagi sport majmuasida o‘tgan yil avgust oyida tashkil etilgan va kasallanish ko‘rsatkichlari kamayishi bilan yopilgan 1000 o‘rinli davolash va taqsimlash markazi yana ish boshladi», degan xabar berilgandi.

Mana, oradan 80 kun o‘tib, mazkur muassasa kasallanish ko‘rsatkichlari kamaygani sababli yopildi, degan xabar tarqalmoqda. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil mazkur markaz faoliyati bahorning so‘nggi kunlarida boshlanib, kuz fasli yakunigacha davom etgandi.

Xo‘sh, endilikda parvarishga muhtoj, virus yuqtirib olgan bemorlar qayerda davolanadi? Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, endilikda koronavirusga chalingan va ambulator davolanishga muhtoj bemorlar Samarqand shahrining Uzoq lager hududida joylashgan, 300 ga yaqin o‘rinli maxsus shifoxonada davolanishlari mumkin.