O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 11 nafar bemorning ahvoli og‘ir
- 07.05.2020 12:44
- 207
- COVID-19
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi:
➖ Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus infeksiyasiga chalingan 2266 fuqaro ro‘yxatga olingan. Bemorlarni davolashda ijobiy natijalar qayd etilyapti. 6 may kuni 76 fuqaro to‘liq sog‘aygan va reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilgan. Ayni paytga qadar 1577 nafar, ya’ni 70 foizdan ortiq bemor virusdan forig‘ bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotgan 679 bemordan 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.
Teglar:
Koronavirusga chalinganlar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa