O‘zbekistonga xorijdan 360,4 ming dona mobil telefon import qilindi

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, mamlakatimizga qiymati 23,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 360,4 ming dona mobil telefonlari import qilingan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil mobil telefon importiga 19,6 million AQSh dollari ko‘p sarflangan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 18 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan. Import hajmi yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy (14,9), Vetnam (3,7), Hindiston (2,8) va 1,1 million AQSh dollari bilan Birlashgan Arab Amirliklarini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimizda 2019 yilda 235 ming dona, qiymati 31,7 milliard so‘mlik uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.