Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston 10 oyda 471,8 million AQSh dollariga teng yog‘och import qildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 471,8 million AQSh dollariga teng yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 37,7 million AQSh dollariga kam.

O‘tgan 10 oy mobaynida import qilingan yog‘och va yog‘och mahsulotlarining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:

- Rossiya – 433,7 million

- Xitoy – 14,6 million

-Turkiya – 5,2 million

- Belorus – 3,5 million

- Italiya – 2,7 million AQSh dollari.

Ma’lumot o‘rnida: bu yil O‘zbekiston 49 ta xorijiy davlatlardan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.