Yolg‘on gapiradigan kishi naf topish uchun yuzini vaqtincha, qalbini abadiy yo‘qotadi
Yolg‘on gap. Insoniyatning eng dono kishilari hech qachon bu “san’at”ga qoyil qolmagan va bundan nafratlangan. Ular yolg‘onda yetuklikning inkor etilishi, halol suhbat va ichki yaxlitlikning rad etilishini ko‘rgan.
Ularning iqtiboslari yolg‘onni hayot tarziga aylantirib olganlarga qarata “jarrohlik yo‘li bilan” qilingan aniq nuqtai nazardir.
Suqrot, qadimgi yunon faylasufi:
- Boshqalarni aldayotgan kishi birinchi navbatda o‘zini aldayotgan bo‘ladi.
Seneka, rim faylasufi:
- Aldamchilik – gapga chechanlik niqobi ostidagi qo‘rqoqlikdir.
Konfutsiy, qadimgi Xitoy mutafakkiri va faylasufi:
- Yolg‘onchi monesiz bo‘lishga umid qiladi, biroq u allaqachon ishonchsizlikning abadiy asiri bo‘lib qolganligini bilmaydi.
Alber Kamyu, fransuz faylasufi:
- Yolg‘on – bu yolg‘onchi odamning halol bo‘lishlikdan bosh tortgani uchun to‘laydigan solig‘idir.
Djiddu Krishnamurti, hind faylasufi:
- Haqiqat bilan o‘ynashadigan odam bir kun kelib uning nimaligini unutib qo‘yadi.
Fridrix Nitsshe, nemis faylasufi:
- Aldov hukmronlikning eng arzon shaklidir.
Viktor Frankl, avstriyalik psixiatr, ruhshunos:
- Aldamchi odam siri ochilishidan qo‘rqib yuradi. Donishmand esa haqiqiylikdan qo‘rqmaydi.
Epiktet, qadimgi yunon faylasufi:
- Foyda olish maqsadida yolg‘on gapiradigan kishi, qo‘lga kiritganidan ko‘ra ko‘proq narsani yo‘qotadi.
Lev Tolstoy, mashhur rus yozuvchisi, mutafakkir:
- Haqiqiy kamsitilish aldangan bo‘lishda emas, balki aldamchi bo‘lishdadir.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.